Angren shahar hokimi “hayfsan” oldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Angren shahar hokimi Alisher Raimovga tegishli davlat xizmatchisi uchun nomaqbul so‘zlar, haqoratlar ishlatilgan audioyozuv tarqalgan edi.
Toshkent viloyati hokimligi Odob-axloq komissiyasining yig‘ilishida ana shu masala ko‘rib chiqilib, tegishli chora ko‘rish uchun viloyat hokimi Zoyir Mirzayevga taqdimnoma kiritildi.
Shundan so‘ng viloyat hokimining tegishli farmoyishiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori talablariga rioya qilmagani, davlat xizmatchisining kasb etikasini buzganligi, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilib, noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etgani uchun Angren shahar hokimi Alisher Abdumalikovich Raimovga nisbatan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.
A. Musayev, O‘zA.