Angliya terma jamoasi gʻalaba uchun qancha mukofot puli olishi maʼlum boʻldi
The Guardian nashrining xabariga koʻra, agar «uch sherlar» turnirda gʻolib chiqsa, jamoa futbolchilari va murabbiylar shtabi jami 19 million funt sterling miqdoridagi bonusni oʻzaro boʻlishib oladi.
Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) milliy terma jamoa jahon chempionligini qoʻlga kiritgan taqdirda toʻlab beriladigan mukofot pullari miqdorini belgiladi.
The Guardian nashrining xabariga koʻra, agar «uch sherlar» turnirda gʻolib chiqsa, jamoa futbolchilari va murabbiylar shtabi jami 19 million funt sterling miqdoridagi bonusni oʻzaro boʻlishib oladi. Angliya futbol assotsiatsiyasi FIFA tomonidan chempionlik uchun ajratiladigan 38 million funt sterling miqdoridagi mukofot jamgʻarmasining teng yarmini jamoaga tarqatishni rejalashtirgan.
Amaldagi kelishuvga koʻra, ajratilgan bonusning qariyb 15 million funt sterlingi futbolchilar tarkibiga yoʻnaltirilsa, terma jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxel 3 million funtgacha kafolatlangan mukofot olishi koʻzda tutilgan. Qolgan 1 million funt sterling esa murabbiyning yordamchi shtabi oʻrtasida taqsimlanadi.
Jahon chempionatining yarim final bosqichidan oʻrin olgan Angliya va Argentina terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuv ertaga, 15-iyuldan 16-iyulga oʻtar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.