Andijonlik gandbolchilar g‘olib bo‘ldi
Andijon shahrida gandbol bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Barkamol avlod” sport musobaqasining respublika final bosqichi yakuniga yetdi.
Respublika bosqichi final o‘yinlarida musobaqaning hududiy saralash bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan akademik litsey va professional ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlaridan tashkil topgan Samarqand, Jizzax, Xorazm va Andijon viloyatlari terma jamoalari g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashdi.
[gallery-5914]
Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, andijonlik gandbolchiar birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin Jizzax viloyati vakillariga, uchinchi o‘rin esa Samarqand viloyati terma jamoasiga nasib etdi.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan tegishli medal, diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
F. UBAYDULLAEV,
Z. UMRZOQOV (surat),
O‘zA