«Andijon» — «Neftchi» uchrashuvida Superliga mavsum rekordi qayd etildi
Vodiyda yana rekord.
Superliga 17-turidan o‘rin olgan «Andijon» — «Neftchi» uchrashuvida joriy mavsum uchun yangi tomoshabinlar rekordi qayd etildi.
O‘zPFL ma’lumotiga ko‘ra, «Andijon» o‘z maydonida «Neftchi»ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergan mazkur bahsni stadiondan bevosita 19 170 nafar muxlis kuzatgan.
Bu ko‘rsatkich Superliganing 2026 yilgi mavsumidagi eng yuqori natija hisoblanadi.