Anchelotti: “Norvegiyaga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishimiz kerak”
Norvegiya hujumkor futbol namoyish etadi, shu sababli ularga qarshi tezkor qarshi hujumlar uyushtirish juda qiyin.
Karlo Anchelotti JCH–2026 1/8 finalida Norvegiya milliy terma jamoasiga qarshi bo‘ladigan uchrashuv oldidan fikr bildirdi.
"Norvegiya juda murakkab raqib. Bu yaxshi tuzilgan, mahoratli va o‘yini mukammal tashkil etilgan jamoa. Ular hujumda katta salohiyatga ega, shu bilan birga muvozanatni ham yaxshi saqlaydi.
Norvegiya hujumkor futbol namoyish etadi, shu sababli ularga qarshi tezkor qarshi hujumlar uyushtirish juda qiyin. Ayniqsa, ularning markaziy chizig‘i juda kuchli harakat qiladi.
Biz eng yaxshi futbolimizni ko‘rsatishimiz kerak. Menimcha, ayni paytda bunga qodirmiz. Yaponiyaga qarshi qiyin uchrashuvdan keyin o‘zimizga bo‘lgan ishonch yanada ortdi. Biz o‘yinimizni yaxshilashni istaymiz va har qanday vaziyatga tayyormiz", — dedi Anchelotti.
Braziliya milliy terma jamoasi hamda Norvegiya o‘rtasidagi JCH–2026 1/8 final uchrashuvi 5-iyuldan 6-iyulga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi.