Amerikaga Meksika orqali yo‘l yo‘q
Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati Boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida noqonuniy migratsiya va odam savdosiga qarshi kurash yo‘nalishida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Ma’lum bo‘lishicha, 1994 yilda tug‘ilgan, Samarqand shahrida yashovchi X.S. mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, uni Meksika orqali AQSHga yuborishi evaziga 25.000 AQSH dollar so‘ragan.
Faol tadbir davomida X.S. hujjatlarni rasmiylashtirish uchun oldindan 10.000 AQSH dollarini olayotganda ushlandi.
Ushbu shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zA