Aliyev va Pashinyan noyabrda yana uchrashadi
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel vositachiligida muzokara o‘tkazdi va noyabr oyida yana ko‘rishishga kelishib oldi. Bu haqda “Trend” agentligi xabar tarqatdi.
“Chegaralar delimitatsiyasi va xavfsizlik bo‘yicha komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi noyabr oyida Bryusselda bo‘lib o‘tadi. Tadbirdan keyin ikki davlat rahbari uchrashadi”, deyiladi axborotda.
Tomonlar, shuningdek, Tashqi ishlar vazirlari darajasida tinchlik shartnomasini imzolash bo‘yicha mazmunli muzokarani davom ettirishga kelishib oldi.
“Bryusselda o‘tgan muzokarada Ozarbayjon va Armaniston rahbarlari mahbuslarni ozod qilish va bedarak yo‘qolganlar taqdirini aniqlash, chegaralarni delimitatsiya qilish va xavfsizlikni ta’minlash, mintaqadagi kommunikatsiya vositalarini blokdan chiqarish, umuman, Ozarbayjon - Armaniston munosabatini tartibga solish bilan bog‘liq barcha masalalarni muhokama qilishdi”, deb yozgan nashr.
Bu ikki davlat yetakchisining avvalgi uchrashuvi 22 may kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan edi.
Aliyev