Alisher Qodirov saylovda ovoz berdi
Ayni paytda yurtimizning barcha hududlarida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga saylov jarayonlari davom etmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, har bir saylovchi muhim siyosiy jarayonda ishtirok etish orqali nafaqat o‘z konstitutsiyaviy huquqini amalga oshiradi, balki kelajak uchun ovoz beradi.
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi yetakchisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirov ham saylovda ishtirok etib, o‘z ovozini berdi.
–O‘zbekistonimiz qudratli, hayotimiz farovon bo‘lishi uchun vakillar to‘g‘ri tanlanishi va vakillik organlari samarali ishlashi lozim. Shu maqsadlarning ro‘yobga chiqishi uchun ovoz berdim, – dedi Alisher Qodirov.
Eslatib o‘tamiz, Markaziy saylov komissiyasi xabariga ko‘ra, bu galgi saylovda 19 million 944 ming 859 nafar saylovchi ro‘yxatga olingan. 10 mingdan ortiq saylov uchastkalarida fuqarolar ovoz bermoqda.
O‘zA