Alisher Navoiy she’riyatida payg‘ambarlar obrazi
Usmon Uralovich QOBILOV dotsent filologiya fanlari doktori (DSc) Samarqand davlat universiteti Samarqand, O‘zbekiston usmonqobilov82@gmail.com
Annotatsiya
Ushbu maqolada o‘zbek mumtoz adabiyotining buyuk namoyandasi Alisher Navoiy lirikasida payg‘ambar siymolar obrazlari badiiy talqini, mavzuning umumiy tasnifi va statistikasiga e’tibor qaratilgan. Muammoni o‘rganishda shoirning “Xazoyin ul-maoniy” devonidan asos sifatida foydalanilgan.
Tayanch so‘zlar: mumtoz adabiyot, an’ana va yangilik, Alisher Navoiy ijodi, lirika, she’riy devon, payg‘ambar siymolar, badiiy obraz, talqin, tasvir, majoziy ifoda, ramziy tasvir, poetik manzara.