Alisher Navoiy — millat ziyolilarining otasi
Joriy yilning 9 fevral kuni buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi Mirzacho‘l tuman «Barkamol avlod» bolalar maktabida keng nishonlandi.
Tadbir «Mahalla» xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasi, tuman Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi hamda tuman «Barkamol avlod» bolalar maktabi hamkorligida yuqori saviyada tashkil etildi.
Yoshlarimizni milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash, ajdodlarimiz ma’naviy merosini chuqurroq o‘rganish, she’riyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy hayoti va ijodini yosh avlodga yetkazish buyuk ajdodlarimizga bo‘lgan hurmat-ehtiromni oshishiga xizmat qiladi.


«Mahalla» xayriya jamoat fondi Mirzacho‘l tuman bo‘linmasi
Axborot xizmati
O‘zA