“Al-Xorazmiy vorislari” tanlov g‘olibi
Urganchda o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasidagi “Tafakkur sinovlari” tanlovining mintaqaviy bosqichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Buxoro viloyatlari jamoalari ishtirok etdi.
Urganchda o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasidagi “Tafakkur sinovlari” tanlovining mintaqaviy bosqichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Buxoro viloyatlari jamoalari ishtirok etdi.Prezidentimizning 2014-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan yuksak ma’naviyatli avlodni voyaga yetkazishda muhim dasturilamal bo‘layotgani ta’kidlandi.
– Talabalarning siyosiy-huquqiy va tarix sohasidagi bilimini yanada boyitish, ular bu boradagi iste’dodini namoyon etishi uchun imkoniyat yaratish va rag‘batlantirishda ushbu tanlovning ahamiyati katta, – deydi Urganch davlat universiteti prorektori Sanjar Davletov. – Ayni paytda bu ularning kelgusida yetuk va malakali pedagog-kadrlar bo‘lib shakllanishiga ham yordam beradi.
Ishtirokchilarning Prezidentimiz rahnamoligida siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, shuningdek, yosh avlod kamoloti yo‘lida yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar haqidagi bilimi sinovdan o‘tkazildi. Urganch davlat universitetining “Al-Xorazmiy vorislari” jamoasi birinchi o‘rinni egalladi va tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.