Aktrisa Shafoat Rahmatullayeva vafot etdi
“O‘zbekiston xalq artisti” teatr va kino aktrisasi Shafoat Rahmatullayeva 83 yoshda vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Shafoat Rahmatullayeva ko‘p yillar davomida teatr sohasida faoliyat yuritib kelgan. Shuningdek, kinofilmlarda turli rollarni ham ijro etgan.
U o‘zining yorqin va mazmunli rollari orqali tomoshabinlar qalbidan o‘rin olgan.
“Shafoat Rahmatullayeva teatr va kino san’atini rivojlantirishda fidokorona xizmat qilib, jonkuyar va samimiy inson sifatida barchamizning qalbimizda mangu yashaydi”, — deyiladi xabarda.
O‘zA