Akbar Jo‘rayev jahon chempioni, Nurudinovda kumush
Poytaxtimizda o‘tkazilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida -109 kg vazn toifasidagi bellashuvlar yakunlandi. Unda ishtirok etgan hamyurtimiz, "Tokio–2020" Olimpiadasi g‘olibi Akbar Jo‘rayev o‘z vaznida mutlaq jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.
Hamyurtimiz dast ko‘tarish mashqida 195 kilogramm toshni bo‘ysundirib, ushbu dasturda oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Siltab ko‘tarish mashqida umumiy hisobdagi chempionlik uchun Akbar Jo‘rayev va Ruslan Nurudinov raqobat olib bordi. Ikki polvonimiz bahsida "Tokio–2020" qahramonining qo‘li baland keldi.
Og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati
Erkaklar, -109 kg:
1. Akbar Jo‘rayev (O‘zbekiston) – 433 (195+238) kg
2. Ruslan Nurudinov (O‘zbekiston) – 421 (185+236) kg
3. Simon Martirosyan (Armaniston) – 416 (188+228) kg.
O‘zA