Ajdodlar xotirasiga hurmat namunasi
Qashqadaryo viloyati qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi qadimiy Odina masjidida joy olgan.
Odina masjidi 1386 yilda Sohibqiron Amir Temur tomonidan bunyod etilgan. 1868 yili Chor Rossiyasi bosqini davrida masjidning ayvon qismi to‘pga tutilib, vayron qilingan. Mustabid tuzum davrida dastlab omborxonaga, 1938 yildan qamoqxonaga aylantirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 oktyabrdagi farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan muzey 11 bo‘limdan iborat. Ularda Turkiston o‘lkasida olib borilgan mustamlakachilik siyosati va qatag‘onlarni aks ettiruvchi noyob tarixiy fotosuratlar, xaritalar, ashyolar va boshqa manbalar aks ettirilgan. Muzeyda shuningdek, yoshlar klubi hamda kutubxona faoliyat yuritmoqda.
[gallery-4242]
Temur MAMADAMINOV (surat), O‘zA