“Air India” halokati: Samolyotda yonilg‘i tugab qolganmidi?
Hindistonda 12 iyun kuni sodir bo‘lgan “Air India” samolyoti halokati bo‘yicha dastlabki tergov xulosasi e’lon qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, parvoz vaqtida dvigatellarga yonilg‘i uzatilishi to‘xtab qolgan. Samolyot havoga ko‘tarilgandan so‘ng, darhol pastga qulagan. Hodisa oqibatida 260 kishi halok bo‘lgan.
Mamlakat Aviatsiya hodisalarini tergov qilish byurosi “Boeing 787 Dreamliner” boshqaruv pultidagi yonilg‘i berish tugmasi “Run”dan “CUTOFF” holatiga o‘tkazilgan. Natijada dvigatellar ishlashdan to‘xtagan. Ovoz yozuvida uchuvchilar bu ishni kim qilgan bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risidagi suhbat saqlanib qolgan. Darvoqe, tugmalar faqat qo‘lda harakatlantiriladi, avtomatik o‘zgarishi, deyarli, imkonsiz.
London tomon 242 yo‘lovchi va ekipaj a’zolari bilan parvoz qilayotgan mazkur uchoqda 169 hindistonlik, 53 britaniyalik, 7 nafar portugaliyalik va birgina kanadalik bor edi. Fojia tufayli samolyot kelib urilgan tibbiyot kolleji yotoqxonasida ham talafot yuz bergan.
“Air India” kompaniyasi fojiadan aziyat chekkanlarga hamdardlik bildirib, tergov bilan to‘liq hamkorlik qilishini ta’kidladi. Marhumlarning yaqinlari esa adolatli tekshiruv o‘tkazish va bunday holatlar takrorlanmasligiga erishish zarurligini talab qilmoqda.
Musulmon Ziyo, O‘zA