Aholi gaz bilan uzluksiz ta’minlanmoqda
“Hududgaz Farg‘ona” gaz ta’minoti filiali “Rishtontumangaz” bo‘limi ishchi xodimlari tabiiy va suyultirilgan gazdan foydalanuvchi 49 ming 616 nafar iste’molchiga xizmat ko‘rsatadi.
– O‘tgan yili ehtiyojmand aholi xonadonlariga rejadagi 500 dona o‘rniga 620 dona gaz balloni yetkazib berdik, - deydi “Rishtontumangaz” bo‘limi suyultirilgan gaz xizmati bo‘limi boshlig‘i Dilmurod Hojiahmedov. – Joriy 2021 yilda esa aholi xonadonlariga 7634 tonna suyultirilgan gaz hamda 600 dona maishiy gaz ballon yetkazib berish rejalashtirilgan.
[gallery-704]
Ayni kunlarda soha xodimlari “Oqtomir” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida aholiga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib, o‘rnatib berish ishlarini amalga oshirmoqda.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA