Aholi bandligini ta’minlash – muhim vazifa
Sirdaryo viloyati Boyovut tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan vaqtincha ishsiz bo‘lgan fuqarolar yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashga majbur bo‘lgan aholi qatlami bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, joriy yil o‘tgan davri mobaynida ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash maqsadida 1 nafar fuqaroga issiqxona qurib berilgan bo‘lsa, 42 kishiga turli xil mevali ko‘chatlar subsidiya asosida berildi. Undan tashqari 20 nafar fuqaroga tadbirkorligini boshlashi uchun ro‘yxatdan o‘tkazish to‘lovlari to‘lab berildi.

Shuningdek, hududda “Ishga marhamat” mehnat yarmarkalari muntazam tashkil etib kelinmoqda.
— 39 ta mahalladagi ishsiz fuqarolardan 300 dan ortig‘i jamoat ishlariga jalb qilingan bo‘lsa, o‘quv maskanlari va ustoz-shogird yo‘nalishida 180 nafar fuqaro kasbga qayta tayyorlandi, – deydi tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori Shavkat Jo‘rayev. — Pilot loyihasi asosida 8 nafar ishsiz fuqaro Rossiya davlatiga tanlov asosida ishlash uchun yuborildi.

Bandlik sohasida bu kabi amalga oshirilayotgan ishlar aholi bandligini ta’minlash, real daromadlarini oshirish, pirovardida hayot darajasini yuksaltirishga mustahkam poydevor yaratadi.
Sh.Suyarov, F.Toshmatov(surat), O‘zA