Ahmad Yassaviy ijodida xurmo timsoli
Elnura G‘aybulloyevna QURBONOVA Filologiya fanlari bo‘yicha (PhD) falsafa doktori O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Toshkent, O‘zbekiston elnura.qurbonova@mail.ru
Annotatsiya
Maqolada Ahmad Yassaviyning irfoniy maslagi, turkiy tasavvuf she’riyatining shakllanishi va rivojlanishidagi xizmatlarini e’tirof etish bilan birga “Devoni hikmat”da qo‘llanilgan diniy-tasavvufiy obraz, timsol va istilohlarning ramziy-majoziy talqini, g‘oyaviy-badiiy mazmuni, o‘ziga xosligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Xususan, “hikmatlar”da qo‘llanilgan xurmo istilohi diniy asoslarining Yassaviy dunyoqarashi va maslagini ifodalashdagi o‘rni hamda uning hikmatlarda timsol o‘laroq ifodalanishi xususida fikr-mulohazalar bildirilgan.
Tayanch so‘zlar: Ahmad Yassaviy, hikmat, xurmo, timsol.