“Afsonalar vodiysida” istiqlol tantanalari
Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” tematik parkida mamlakatimiz mustaqilligining 30 yillik bayrami keng nishonlandi.
Tadbirda so‘zga chiqqan viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov yig‘ilganlarni bayram bilan qutlab, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Xususan, viloyatdagi yangilanish jarayonlari, odamlar turmush-tarzi, yashash sharoit yaxshilanayotganligi alohida e’tirof etildi.
Bayram konsert-dasturida taniqli san’atkorlar tomonidan diltortar kuy va qo‘shiqlar ijro etildi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
[gallery-3680]
Hotam MAMADALIEV(surat), O‘zA