“Afsonalar vodiysi”da ish qizgʻin
Namangan shahrida barpo etilayotgan “Afsonalar vodiysi” madaniyat va istirohat bogʻida bunyodkorlik ishlari rejaga muvofiq davom ettirilmoqda.
Namangan shahrida barpo etilayotgan “Afsonalar vodiysi” madaniyat va istirohat bogʻida bunyodkorlik ishlari rejaga muvofiq davom ettirilmoqda.
Markaziy Osiyoda yagona boʻlajak mazkur bogʻda karantin talablariga qatʼiy rioya etilgan holda 26 ta obyektda bunyodkorlik ishlari davom ettirilayotir.
Bogʻ tarkibidagi amfiteatrda tomoshabinlar uchun oʻrinlar soni ikki barobar koʻpaytirilmoqda. Dastlab 1 ming 200 oʻringa moʻljallangan ushbu majmuada aholining nufuzi, viloyat sayyohlik salohiyatining oʻsib borayotgani va avvalgi ommaviy madaniy tadbirlar tajribasini hisobga olgan holda yana 1 ming 300 oʻringa oshirib, jami 2 ming 500 tomoshabin madaniy hordiq chiqarishi uchun imkoniyat yaratilmoqda.
Viloyat hokimi X.Bozorovning bogʻ mutasaddilari bilan muloqot chogʻida hududda dub, kashtan kabi manzarali, salqin beruvchi daraxtlarni koʻpaytirish, bogʻning yuqori qismidagi adirliklarni oʻzlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, ularning sathini bir xil koʻrinishga keltirish masalalari boʻyicha vazifalar belgilab olindi.