Afg‘onistonga 600 kishilik missiya yuboriladi
Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles «Pitting» nomli amaliyotning boshlanganini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Afg‘onistonga 600 kishilik missiya yuboriladi. Missiya maqsadi Afg‘onistondagi britan fuqarolari himoyasini ta’minlashdan iborat. Mahkama matbuot xizmati xabarida aytilishicha, vazir britaniyaliklarning Afg‘onistonni tark etishdagi xavfsizligini ta’minlash asosiy vazifa ekanini ta’kidlagan.
Shuningdek, britanlik harbiylar bir necha hafta davomida imkon qadar afg‘on hukumatini qo‘llab-quvvatlaydi. Eslatib o‘tamiz, shu yilning iyulida bosh vazir Boris Jonson Afg‘onistondagi britaniyalik harbiylarning vatanga qaytishini e’lon qilgandi.