Afg‘onistonda yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi
Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha samolyot bortida 83 kishi bo‘lgan, deb ma’lum qildi Ariana News.
Afg‘oniston sharqida G‘azni viloyatida Ariana Afghan Airlines aviakompaniyasi samolyoti halokatga uchradi, deb xabar tarqatdi 1TV telekanali. Keyinroq bu xabarni hukumat ham tasdiqladi.
Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha samolyot bortida 83 kishi bo‘lgan, deb ma’lum qildi Ariana News.
G‘azni viloyati hokimining vakili Orif Nuriyning aniqlik kiritishicha, halokat Dex Yak tumanida ro‘y bergan.
Tolo News tarqatgan xabarda aytilishicha, halokat ro‘y bergan joy “Tolibonlar” nazoratida turgan hudud hisoblanadi. Hozir u yerga “maxsus kuchlar” jo‘natilgan.
Ariana Afghan Airlines – Afg‘oniston milliy aviakompaniyasi hisoblanib ofisi Kabulda joylashgan. Kompaniya hukumatga qarashli bo‘lib, mamlakat ichida va xalqaro yo‘nalishlarda parvozlarni amalga oshirib keladi.