Afg‘oniston janubida portlash. Qurbonlar bor
Bugun Afg‘onistonning Qandahor shahrida portlash sodir etilishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, jarohatlanganlar 13 nafar.
Bugun Afg‘onistonning Qandahor shahrida portlash sodir etilishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, jarohatlanganlar 13 nafar.
Bu haqda “1TVNews" telekanali xabar tarqatdi.
Ma’lum bo‘lishicha,qurbonlarning bari tinch aholi bo‘lgan. Hozircha hech bir terrorchi guruh portlashga javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.
Avvalroq, “Tolo News” telekanali Afg‘onistonning Log‘ar provinsiyasidagi politsiya uchastkasi yonida portlash sodir etilgani, oqibatda 3 nafar huquq-tartibot idorasi xodimi halok bo‘lib, 8 kishi jarohat olgani haqida xabar bergan edi. Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Log‘ardagi portlashjavobgarligini “Tolibon” o‘z zimmasiga olgan.