“ACWA Power” mamlakatimizdagi faoliyatini kengaytiradi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev Saudiya Arabistoni “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayan bilan uchrashdi. Ular qo‘shma loyihalar amalga oshirishni jadallashtirish va qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish sohasidagi investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish masalasini muhokama qilishdi.
Xususan, Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi negizida 1500 MVt quvvatli kombinatsiyalashgan turkumli issiqlik elektr stansiyasi barpo etish loyihasi hamda Buxoro viloyatida 500 MVt quvvatga ega ikkita shamol elektr stansiyasini qurishga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni o‘rganildi. Rejalashtirilgan chora-tadbirlar ijrosini jadallashtirish va barcha loyihalarni tezroq ishga tushirish bo‘yicha aniq sa’y-harakatni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Kompaniyaning O‘zbekistondagi yangi yirik investitsiya loyihalarini nazarda tutgan holda, investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish istiqboli ham tahlil qilindi. Shu nuqtai nazardan Qoraqalpog‘iston Respublikasida quvvati 1,5 GVt gacha bo‘lgan shamol elektr stansiyalari tiklash imkoniyati to‘g‘risida fikr almashildi.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, ushbu loyihalar O‘zbekiston hukumati tomonidan qabul qilingan, 2030 yilga borib shamol elektr stansiyalarida ishlab chiqarilayotgan energiyani 30 GVtga yetkazishga qaratilgan mamlakat energetika balansini diversifikatsiya qilish dasturining bir qismi hisoblanadi. Belgilangan vazifani bajarish uglerod chiqindisini yiliga 1,6 million tonnaga kamaytiradi, 2031 yilgacha mamlakat energiya quvvatining 40 foizini qayta tiklanadigan energiya tashkil etishiga erishiladi.
O‘zA