Abituriyentlar test sinovlariga kirishdi
Toshkent viloyatidagi oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari Poytaxtimizda tashkil etilgan maxsus binolarda belgilangan tartib bo‘yicha o‘tkazilyapti.
Yangi o‘quv yiliga hududda 60 ming nafardan ziyod abituriyent oliygohlarga test imtihonlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan. Hozir hududda 14 ta oliy ta’lim muassasasi faoliyat yuritmoqda. Ulardan 8 tasi davlat, 4 ta nodavlat va 2 tasi xorijiy oliygohlarning filiallaridir.
E’tiborlisi, oliygohlarga qabul jarayonlari “Avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida tashkil etilgan bo‘lib, yoshlar to‘plagan ballariga qarab o‘zlarini tanlagan OTMga qabul qilinadi.
[gallery-18264]
A.Musayev, A.Alijonov (surat), O‘zA.