Abituriyent bahosi ta’lim bahosimi? (+video)
Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari tugagach talabalarning to‘plagan ballariga oid ayrim ma’lumotlar tarqaldi. Misol uchun, joriy yilda jami abituriyentlarning salkam yarmi 49,4 foizi o‘tish ballining eng past chegarasi bo‘lgan 56,7 ballni ham to‘play olmagan. Ma’lumot uchun, ushbu yilda 888ming 472 nafar abituriyent testda qatnashgan. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, 56,7 balldan kam to‘plagan abituriyentlarning 70,5 foizi avvalgi yillarda o‘qishni tugatganlar, 29,5 foizi joriy yilgi bitiruvchilar bo‘lgan.Joriy yilda maktablarni tugatgan 359 ming 790 nafar yoshlar testga kirgan. Shularning 36 foizi (129 ming 609) 56,7 balldan kam to‘plashgan.
Ushbu ko‘rsatgichlarni o‘tgan yilgi holat bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, 2022 yilda 1 mln 214 ming 232 nafar abituriyent hujjat topshirgan. 395 mingdan ko‘prog‘i o‘sha yilgi bitiruvchilar bo‘lgan. Imtihonlarda esa 1 mln 74 mingga yaqin abituriyent qatnashgan, ularning 550 ming nafari (51,2%) o‘tish ballining eng quyi chegarasi bo‘lgan 56,7 ballni to‘play olmagan. Ushbu raqam ichida aynan 108 ming nafar abituriyent 2022 yilgi bitiruvchilardir.
2023 yilda oldingi yilga nisbatan hujjat topshiruvchilar soni keskin kamayganini ko‘rish mumkin.Joriy yilgi maktab ta’limi sifatiga hududlar kesimida qarab chiqadigan bo‘lsak, Buxoro, Navoiy viloyatlari, Toshkent shahri kuchli uchtalikdan o‘rin olgan, ya’ni ushbu hududlarda o‘tish ballini to‘plaganlar 71 foizdan tushib ketmagan. Eng quyi qatorda esa Surxondaryo, Toshkent va Andijon viloyatlari o‘rin egallagan va bu viloyatlardagi o‘tish ballini to‘playolmagan nomzodlar 40 foizdan yuqori.
2022 yilgi holat bilan solishtirganda Toshkent viloyatida hamon eng yomon ko‘rsatgich qayd etilmoqda. Navoiy o‘tgan yilga nisbatan eng yaxshi ko‘rsatgichga erishgan va ushbu yilda 69 foiz bilan yetakchilar qatorida. Toshkent shahri ta’lim sifati bo‘yicha yaxshiroq holatda. Xorazm 49,1 foiz va Samarqand viloyatlari 49,8 foiz ko‘rsatgich bilan 2022 yilda yaxshi natija ko‘rsatgan hududlardir. Joriy yilga qaraydigan bo‘lsak, Xorazmda 22 ming abituriyentning qariyib 64 foizi o‘tish ballini to‘playolgan bo‘lsa, Samarqandda deyarli 40 ming ta nomzotning salkam 63 foizi 56,7 balldan ko‘proq ballni qo‘lga kiritgan.
2022 - 2023 yilda respublika miqyosida maktab bitiruvchilarining test sinovlaridagi o‘rtacha ball ko‘rsatgichi 76,1 ball etib belgilangan va oldingi yillarga qaraganda yuqori degani.
<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/TNsNWzRHq94" title="Abituriyent bahosi ta’lim bahosimi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Sardorbek Poyonov, Iskandar Ismatov (video), O‘zA.