Abdusattorov va Sindorov “Esports World Cup” saralash bahsida dona suradi
Ma’lumki, mahoratli shaxmatchilarimiz Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov kibersport bo‘yicha 2026-yilgi jahon kubogi saralash musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Bugun, 23-aprel kuni kibersport bo‘yicha 2026-yilgi jahon kubogi (Esports World Cup) uchun saralash vazifasini o‘taydigan “Chess.com Open-2026” musobaqasi boshlanadi.

Bugungi navbatdagi saralash musobaqasida N.Abdusattorov AQSHlik Samuel Sevian bilan, Sindorov FIDE bayrog‘i ostida turnirda qatnashayotgan Danil Dubov bilan raqobatlashadi. Onlayn tarzda tashkil etiladigan turnirda dunyoning eng kuchli shaxmatchilari keyingi bosqichga yo‘llanma olish uchun kurash olib boradi.
Umumiy mukofot jamg‘armasi 250 ming AQSH dollaridan iborat bo‘lgan turnir 10+0 rapid yo‘nalishida o‘tkazilib, 16 nafar ishtirokchi ikki imkoniyatli tizimda kuch sinashadi. Ya’ni, ikki bor mag‘lubiyatga uchragan shaxmatchi musobaqani tark etadi.
Musobaqalar onlayn tarzda 26-aprelga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA