“90 kun mahallalarda Bolalar tashkiloti bilan” loyihasi boshlandi
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Bolalar harakati sardorlarining “An’anaviy anjumani” doirasida “90 kun mahallalarda Bolalar tashkiloti bilan” loyihasiga start berildi.
Yozgi ta’tilni bolalar uchun nafaqat maroqli, balki foydali va mazmunli tashkil etishga qaratilgan ushbu loyiha doirasida endilikda mahallalarda yoz fasli yanada qiziqarli o‘tadi.


Xususan, bolalar uchun turli tanlovlar, sport musobaqalari, intellektual o‘yinlar, ijodiy mashg‘ulotlar va ko‘plab yangi loyihalar amalga oshiriladi.

Shu maqsadda, respublikamizning barcha hududlaridan jam bo‘lgan faol sardorlar yoz davomida minglab bolalar bilan ishlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun hududlarga safarbar etildi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA