7 nafar shaxmatchimiz Turkiya turnirida qatnashmoqda
Bugun, 29-iyun kuni Turkiyaning Cheshme shahrida shaxmat bo‘yicha “12th Cesme International Open Chess Tournament” xalqaro musobaqasi boshlandi.
Turnirning “A” guruhida 200 nafar shaxmatchi ishtirok etayotgan bo‘lsa, O‘zbekiston terma jamoasining 7 nafar a’zosi ular qatorida sovrinli o‘rinlarga da’vogarlik qilishga chog‘lanmoqda.
Xususan, terma jamoamiz a’zolaridan Bahrom Bahrullayev, Asrorjon Omonov, Oriyat Obidjonov, Muhammadsolih Rahmatullayev, Madinabonu Xalilova, Guldona Karimova, Umida Omonova kuchlilar guruhidan joy olgan.

Shuningdek, turnirning “B” guruhida 185, “S” guruhida 373 va “D” guruhda 368 nafar “aql gimnastikasi” sohiblari qatnashmoqda.
9 ta turdan iborat bo‘lgan turnir 5-iyulga qadar davom etadi.
T. Ro‘ziyev,
O‘zA