689 ta holatda tadbirkorlarning huquqlari buzilgan
Farg‘ona viloyat prokuraturasi organlari tomonidan tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab - quvvatlash, qulay biznes muhitini yaratishga oid tizimli choralar ko‘rilmoqda. O‘tgan yil davomida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 689 ta holatda tadbirkorlarning huquqlari buzilganligi aniqlanib, 58 nafar shaxs intizomiy, 49 nafari ma’muriy javobgarlikka tortilib, 7 ta holatda jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Natijada 1 ming 51 nafar tadbirkorning buzilgan huquqlari tiklandi. Uch mingga yaqin tadbirkorlarga turli masalalarda amaliy yordam ko‘rsatildi. Prokurorlar ko‘magida 546 ta yangi tadbirkorlik sub’ektlari tashkil qilinib, 1 ming 589 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Furqat tumanidagi “Mastona bo‘stoni” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tumandagi “Temiryo‘lchi” kichik sanoat zonasidan 1,8 gektar yer uchastkasi ajratib berilishi hamda kommunikatsiya (elektr, suv va gaz) tarmoqlariga ulanishida amaliy yordam ko‘rsatildi. Natijada korxonaning un ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi ishga tushirilib, tumandagi 105 nafar aholining bandligi ta’minlandi. Shuningdek, korxona tomonidan 500 ming dollarlik un mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.
Qurilish sohasida 612 ta holatda 8 milliard so‘mga yaqin sifatsiz ishlar, 100 ta holatda 1 milliard so‘mdan ortiq qo‘shib yozish aniqlanib, barchasi bartaraf ettirildi.
M.Sulaymonov, O‘zA muxbiri