6 mingdan ortiq kitoblarni o‘zida jamlagan «Iste’molchilar uyi» ochildi
Bundan tashqari, «Iste’molchilar uyi» ma’muriy kompleksida joy olgan «Iste’molchi qabulxonasi»da esa, iste’molchilarning ariza va murojaatlari qabul qilinadi.
O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiya tomonidan «Iste’molchilar uyi» hamda «Iste’molchi kutubxonasi» loyihasi doirasida shu kunga qadar – Oltiariq, Qiziltepa, Rishton, Sariosiyo, Uzun, Bog‘dod, Farg‘ona, Koson, Olot, Dehqonobod tumanlarida hamda Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlarida 15 ta barcha qulayliklarga ega bo‘lgan majmualar bunyod etildi.
Yil oxiriga qadar yana 8 ta ana shunday ma’naviyat va ma’rifat maskanlari ishga tushiriladi. Ularda yuzga yaqin yosh o‘g‘il va qizlarning ish bilan ta’minlanishiga erishildi.
Surxondaryo viloyati Boysun tumanida zamonaviy uslubda qurilgan, o‘ziga xos innovatsion yechimga ega va 6 mingdan ortiq kitoblarni o‘zida jamlagan «Iste’molchilar uyi» ma’muriy kompleksining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Iste’molchilarning huquqiy savodxonligini mustahkamlash maqsadida Federatsiya hamda Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida ishlab chiqilgan 16 turdagi yuridik adabiyotlar turkumi ham taqdim etiladi.
Tadbirda federatsiya raisi Jahongir Sarimsoqov so‘zga chiqib, ilk bora 100 ming donadan iborat elektron kitoblar bazasini ham shakllantirilib, qaysiki o‘quvchi pandemiya sharoitida uyidan turib, kitoblarni buyurtma qilishi va elektron formatda arzon narxda masofadan turib xarid qilishi mumkin bo‘lgan kutubxonada zamonaviy “Book cafye” va bepul Wifi tizimi hamda internet orqali zarur adabiyotlarni topish va xarid qilish imkonini beruvchi “eReader” elektron o‘quv qurilmasi ham o‘rnatilganligi haqida ta’kidladi.

Bundan tashqari, majmuadan xotin-qizlar uchun bepul chevarlikka o‘rgatish markazi, maktabni tugatib, biroq ishsiz yurgan yosh yigitlar uchun esa hunarmandchilik an’analarini o‘zida aks ettirgan do‘ppichilik, duradgorlik, kulolchilik, shuningdek, sportning kurash, boks, karate va shunga o‘xshash 15 ga yaqin to‘garaklar tashkil etildi.
Shuningdek, federatsiya raisi Jahongir Sarimsoqov va Boysun tuman hokimi Asqarali Jo‘rayev tumanda iste’molchilarga yaratilgan sharoitlar va bundan keyin qilinishi kerak bo‘lgan ishlar haqida kelishib olishdi.
Bundan tashqari, «Iste’molchilar uyi» ma’muriy kompleksida joy olgan «Iste’molchi qabulxonasi»da esa, iste’molchilarning ariza va murojaatlari qabul qilinadi.