5 yilda maktablar soni 462 taga ko‘paygan
«Taraqqiyot strategiyasi» markazi tomonidan taqdim etilgan tahlilga ko‘ra, Harakatlar strategiyasi doirasida so‘nggi besh yilda halq ta’limi tizimiga oid 17 ta Prezident farmon va qarorlari hamda 44 ta Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilingan.
Natijada, ta’limning barcha sohalar singari umumta’lim sohasida ham keng qamrovli islohotlar amalga oshirilib, respublikadagi mavjud umumta’lim maktablari soni so‘nggi besh yilda 462 taga ko‘paygan. Xususan, 2016-2017 o‘quv yilida jami maktablar soni 9 719 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2020-2021 o‘quv yiliga kelib ularning soni 10 181 tani tashkil etgan.
Shundan, 3 893 tasi shaharlarda, 6 288 tasi qishloqlarda joylashgan.