31 oktyabr – Jahon shaharlari kuni
2050 yilga borib yer yuzi aholisi, qariyb, ikki barobar ko‘payishi mumkin
31 oktyabr – “Jahon shaharlari kuni” har yili turli shaharlarda nishonlanadi va muayyan mavzuga bag‘ishlanadi. 2022 yil ushbu tadbir Shanxayda “Global miqyosga chiqish uchun mahalliy darajada harakat qil” shiori ostida o‘tmoqda. Anjumanda mutaxassislar yig‘ilib, yanada obod, adolatli, barqaror shaharlar bunyod etish uchun mahalliy va mintaqaviy hokimiyat idoralari imkoniyatini kengaytirish borasidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashadi.
2030 yilgacha barqaror rivojlanish kun tartibi shaharlar va turli aholi manzillarining ochiqligi, xavfsizligi va barqarorligini ta’minlash bo‘yicha 11 maqsadni o‘z ichiga oladi hamda 2030 yilgacha xavfsiz, inklyuziv, arzon yashil maydonlar va ijtimoiy makonlardan foydalanishni nazarda tutadi.
Shuningdek, 2016 yil 20 oktyabrda BMTning Uy-joy va barqaror shahar rivojlanishi bo‘yicha anjumanida shaharlarni rivojlantirishga oid yangi dastur ham qabul qilingan. Hujjat o‘sha yili 23 dekabrda BMT Bosh assambleyasi 68-yalpi yig‘ilishida ma’qullangan.
G. Abdullayeva, O‘zA