26.01.2019 SPORT24
VIDEO:-Navoiy shahri mezbonlik qilayotgan kurash boʻyicha kattalar
VIDEO:-Navoiy shahri mezbonlik qilayotgan kurash boʻyicha kattalar
oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionatining ikkinchi kunida polvonlar 6 ta vazn toifasida gʻoliblik uchun gilamga chiqdilar. Ayollar 63, 70, 78 va erkaklar 73, 81 va 90 kg.gacha boʻlgan ogʻirlikda kurash olib bordilar.
Ayollar oʻrtasidagi 63 kg vazn toifasida oʻtkazilgan bellashuvlarda mezbon viloyat vakili Shahnoza Bozorovaga teng keladigan raqib topilmadi. U finalda surxondaryoli Zarnigor Odilovadan ustun keldi. Oʻzbekiston chempionatining bronza medallari surxondaryolik Mingdona Choriyeva va samarqandlik Sarvinoz Esonovalarga nasib etdi.
SNX: - Shahnoza Bozorova– musobaqa gʻolibi
VIDEO: -70 kg.gacha boʻlgan ogʻirlikda gilamga chiqqan xorazmlik Irisxon Qurbonboyeva musobaqaning oltin medaliga ega boʻldi. Bu xorazmliklarning uchinchi oltin medali boʻldi. Qashqadaryolik Filura Ergasheva kumush,xorazmlik Nasiba Yoʻldosheva hamda andijonlik Malika Qahhorova bronza medallariga ega boʻldi.
78 kg vazn toifasida oʻtkazilgan bellashuvlarda navoiylik Maftuna Esonova va fargʻonalik Pokiza Kamoliddinova yarimfinallarda magʻlubiyatga uchragan holda shohsupaning uchinchi pogʻonasidan joy egallashdi. Jizzaxlik Shohista Anorova esa finalda Yulduz Muhammadiyevadan ustun kelib oltin medalga ega boʻldi
SNX: - Shohista Anorova – musobaqa gʻolibi
VIDEO: - Kurash boʻyicha Oʻzbekiston chempionatining erkaklar oʻrtasidagi- 73 kg vazndagi olishuvlarida navoiylikUmid Esonov mezbonlarning ishonchini oqlab chempionlikni qoʻlga kiritdi. Finalda u poytaxtlik Serob Ibragimovdan ustun keldi. Toshkent viloyati vakili Oʻrol Sodiqovvabuxorolik Osiyo oʻyinlari gʻolibi Maʼruf Gʻaybullayev uchinchi oʻrin bilan kifoyalandi.
SNX: - Umid Esonov – musobaqa gʻolibi
VIDEO: -- 81 kg ogʻirlikdagi polvonlar oʻrtasida ikki qoʻshni viloyat – Samarqand va Navoiy vakillari Sarvar Shomurodov va Ixtiyor Eshmurodov chempionlik uchun gilamga chiqishdi. Yakunda Shomurodov oltin medalni Samarqandga olib ketdi. Poytaxtlik Madiyor Erkinov va andijonlik Bozor Abdurahimov sovrindorlar qatoridan joy egalladi.
SNX: - Sarvar Shomurodov – musobaqa gʻolibi
VIDEO: - Nihoyat, kunning soʻnggi bellashuvlari- 90 kg ogʻirlikda oʻtkazildi. Unda Toshkent shahri sharafini himoya qilgan Shermuhammad Jandreyev finalda surxondaryolik Sherali Toʻrayevni magʻlub etib chempion boʻldiyu samarqandlik Muhammadali Shamsiddinov va andijonlik Roʻziboy Narzullayev bronza medallari bilan kifoyalandi.
Musobaqaning soʻnggi kunida ogʻir vaznlik polvonlar gilamga chiqishadi. Norbek Niyozov Akmal RasxoʻjayevNavoiydan.
Muallif: N.Niyazov original
Tasvirchi: A.Rasxoʻjayev b/o






