24 oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 24 oktyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 6-8, kunduzi 12-14 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 9-14, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi), ayrim joylarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘ladi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.
Muhim hodisalar
23-26 oktyabrda respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, shuningdek,
23 oktyabrda respublika bo‘ylab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. 24 oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
25 oktyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yomg‘ir yog‘adi.
26 oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
23-26 oktyabr kunlari tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuchayishi kutiladi.
23 oktyabr va 26 oktyabr kunlari respublikamiz bo‘yicha, 25 oktyabr kuni shimolda va cho‘l hududlarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha, 26 oktyabrda ba’zida sekundiga 23-25 metrgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Respublika bo‘yicha havo harorati me’yordan 8-10 darajaga pasayishi kutilmoqda.
O‘zA
--0--
DU.