21 kundan soʻng devor qurilishi boshlanadi
AQSH Prezidenti Donald Tramp demokratlarning nuqtai nazaridan qatʼi nazar, Meksika chegarasiga devor qurishga kirishmoqchi.
AQSH Prezidenti Donald Tramp demokratlarning nuqtai nazaridan qatʼi nazar, Meksika chegarasiga devor qurishga kirishmoqchi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders maʼlum qilgan.
“21 kundan soʻng demokratlar bilanmi yoki ularsizmi – devor qurilishi boshlanadi. Demokratlar bu bilan nimalarga erishadi, masala shunda”, deb yozadi Sanders oʻzining Twitterdagi sahifasida.