13 yanvar kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 13 yanvar kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-20, kunduzi 10-12 daraja sovuq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25, kunduzi 7-12 daraja sovuq bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20, kunduzi 7-12 daraja sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20, kunduzi 7-12 daraja sovuq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17 daraja, ba’zi joylarda 20 darajagacha, kunduzi 5-10 daraja, ba’zi joylarda 12 darajagacha sovuq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13 daraja, ba’zi joylarda 17 darajagacha, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, ayrim joylarda 17 darajagacha, kunduzi 5-10 daraja sovuq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-23, kunduzi 10-15 daraja sovuq bo‘ladi.
Muhim hodisalar
Joriy yilning 12-15 yanvar kunlari O‘zbekistonga Volgabo‘yidan Rossiya Yevropa qismining shimoliy hududlarida hosil bo‘lgan sovuq havo massasining kirib kelishi saqlanib qoladi.
12-15 yanvar kunlari respublika bo‘ylab anomal sovuq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati kechasi 12-17, ayrim joylarda 20 darajagacha, shimolda 20-25, Ustyurt va cho‘l hududlarining ayrim joylarida 27-30 darajagacha sovuq, kunduzi 5-10, ba’zi joylarda 12 darajagacha, janubda va Farg‘ona vodiysida kechasi 8-13, kunduzi 3-8 darajagacha sovuq bo‘ladi.
Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi.
12-16 yanvar kunlari O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
O‘zA