13,4 ming tonna xurmo eksport qilindi
Mamlakatimizdan 2020-yilning toʻqqiz oyi mobaynida 1 million 733 ming dollarlik 13,4 ming tonna xurmo eksport qilindi.
Mamlakatimizdan 2020-yilning toʻqqiz oyi mobaynida 1 million 733 ming dollarlik 13,4 ming tonna xurmo eksport qilindi.
Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 4,6 tonnaga, birgina meva eksportidan valyuta tushumlari esa 28 foizga oshgan.
Oʻzbekiston eksportchilari uyushmasi maʼlumotiga koʻra, xurmoning 50 foizi Qirgʻiziston va 39 foizi Rossiyaga eksport qilingan. Eʼtiborlisi, joriy yilda xurmo eksporti Turkmanistonga 3,2 baravar, Ukrainaga esa 1,2 baravar oshgan.
Xurmo bu yil ilk bor Polsha, Litva va Germaniyaga eksport qilindi.