113 ming 406 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz berdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi saylov uchastkalarida saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchilar uchun muddatidan oldin ovoz berish 2021 yil 14 oktyabr kuni boshlangan edi. Bu jarayon 20 oktyabr kuni soat 19:00 ga qadar davom etadi.
Mamlakatimizda tuzilgan saylov uchastkalarida muddatidan oldin ovoz berish vaqti soat 9:00 dan 19:00 ga qadar, O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalarida esa ushbu saylov uchastkalari joylashgan yerdagi mahalliy vaqt bilan soat 9:00 dan 19:00 ga qadar amalga oshirilishi belgilangan.
18-19 oktyabr kunlari mamlakatimizda tashkil etilgan saylov uchastkalarida jami 113 ming 406 nafar saylovchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berib, o‘zlarining Konstitutsiyaviy huquqlaridan samarali foydalandi.
Nurillo NASRIEV,
O‘zA