111 nafar fuqaroning hayoti saqlab qolindi
Mazkur vaziyat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yongʻin-qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan.
Joriy yilning 25-iyun kuni soat 14:07da Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Guliston shahar “Namuna” mahallasi Sayxun koʻchasi 17-uyda joylashgan “Ideal Study” nodavlat taʼlim muassasasida yongʻin kelib chiqqani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Mazkur vaziyat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yongʻin-qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Olib borilgan tezkor choralar natijasida binoda qolib ketgan 111 nafar oʻquvchi hamda oʻqituvchilar xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi. Shuningdek, qutqaruvchilarning saʼy-harakatlari tufayli binoning 1600 m.kv. maydoni yongʻindan asrab qolindi.
FVV Matbuot xizmati