11 yoshli o‘zbek qizi yana bir xalqaro yutuqqa erishdi
Bugungi kunda yuzlab yoshlarimiz o‘z bilimi va zukkoligi bilan vatanimiz dovrug‘ini jahonga tanitmoqda.
Yasmina ham ana shunday iste’dodli yoshlardan biri hisoblanadi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yoshlar ovozi” respublika tanlovi g‘olibi, shuningdek, Italiya va Belarus Respublikasida o‘tkazilgan nufuzli ko‘rik-tanlovlarda ikki karra Gran-pri sohibasi bo‘lgan Yasmina Husniddinova o‘zining navbatdagi ulkan yutug‘ini qo‘lga kiritdi.

Buyuk Britaniyaning eng mashhur “Britain’s Got Talent” teleloyihasida ishtirok etgan 11 yoshli vatandoshimiz o‘zining betakror vokal mahorati bilan hakamlar hay’ati va tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Ustozlarining qayd etishicha, Yasminaning mashhur “Never Enough” asarini yuksak badiiy saviyada ijro etishi — bu shunchaki iqtidor emas, balki tinimsiz mehnat, o‘z ustida ishlash va o‘z kuchiga bo‘lgan qat’iy ishonch natijasi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA