10 iyunda quyosh tutilishi mumkin
Turkiyalik astrolog Nilay Dinchning xabar berishicha, joriy yil 10 iyun kuni quyosh tutilishi mumkin. Bu haqda Turkiyaning rasmiy saytlaridan biri sabah.com ma’lum qildi.
Biz suvning ta’sirida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan kasalliklarga e’tibor berishimiz kerak, deydi astrolog. Keskin o‘zgarib borayotgan iqlim sharoitida quyosh tutilishi sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sanoatiga jiddiy e’tibor qaratishimizni taqozo etadi.
Orbitadagi bu harakat suitsid va zaharlanish hollarini kuchaytirishi mumkin. Bu paytda qo‘lbola spirtli ichimliklarni ichish tavsiya etilmaydi. Marmara dengizidagi dengiz ko‘pigining ortib borishi bizni shoshilinch choralar ko‘rishga undaydi, deya qo‘shimcha qiladi astrolog.