1 gektarga 2500 tupdan ortiq ko‘chat ekildi
Nukus tumani “Qirantov” ovul fuqarolar yig‘inida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Nukus tumani hokimligi, tuman Xalq qabulxonasi, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi bilan hamkorlikda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida qalamchadan terak ko‘chati yetishtirish va mahallalarda ekish, parvarishlash bo‘yicha ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.
“Dolzarb 40 kunlik” doirasida o‘tkazilgan tadbirga Nukus shahri, Xo‘jayli, Taxiatosh, Nukus tumani Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari va fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirok etdi.
Unda so‘zga chiqqanlar, har bir mahallada oq terak va manzarali daraxt ko‘chatini ekishni yo‘lga qo‘yish orqali daromad manbaini shakllantirish, ekologiya tozaligiga, atrof-muhitni ko‘klamzorlashtirishga har bir insonning hissa qo‘shishi seminarning asosiy maqsadi ekanligini qayd etdi.
Shuningdek, yangi texnikalardan foydalanish tartibi va qulayliklari, daraxt ekish jarayonida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida soha mutaxassislari tomonidan tavsiyalar berildi.
Iishtirokchilar “Qirontov” ovul fuqarolar yig‘ini hududida daraxt ekish uchun ajratilgan 1 gektar yer maydoniga yaxshi niyatlar bilan 2500 tupdan ortiq oq terak va manzarali daraxt ko‘chatini ekdi.
[gallery-6439]
Dovud ABIBULLAEV,
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA