1 aprel kuni dunyoda nimalar ro‘y berdi?
Brono shahrida trolleybus va tramvay to‘qnashuvi oqibatidagi yo‘l transport hodisasida 40 dan ortiq kishi jarohatlandi.
Chexiya. Brono shahrida trolleybus va tramvay to‘qnashuvi oqibatidagi yo‘l transport hodisasida 40 dan ortiq kishi jarohatlandi.
AQSh. Kompyuter tizimidagi nosozliklar tufayli mamlakatdagi bir qator aeroportlarda aviareyslar kechiktirildi.
Jazoir. Mamlakat prezidenti vakolat muddati tugaguniga qadar (ya’ni 28 aprelga qadar) iste’foga chiqdi.
Niderlandiya. Mamlakat janubiy - g‘arbidagi Ternezen portida neft tankeri va bortida 170 kishi bo‘lgan kema to‘qnashuvi oqibatida o‘nlab kishi jarohatlandi.