Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zulm qilma, insofli bo‘l, xalq uchun adolat qo‘rg‘onini bunyod et
22:30 / 2021-08-18

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston” gazetasi bosh muharririga bergan intervyusida O‘zbekistonning oxirgi besh yillikdagi rivojlanish yo‘li, ichki va tashqi siyosati, hozirgi kundagi ustuvor vazifalar haqida so‘z borgan.

Davlatimiz rahbari suhbat davomida mamlakatimizdagi sud-huquq tizimini isloh etish haqida fikr yuritar ekan, “Zulm qilma, insofli bo‘l, xalq uchun adolat qo‘rg‘onini bunyod et” kabi sodda va hayotiy talablardan kelib chiqqan holda ish olib borilayotganini  ta’kidlagan.  

 “O‘z oldimizga Yangi O‘zbekistonni barpo etish va Uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek buyuk vazifalarni strategik maqsad qilib qo‘yganmiz,– deya qayd etgan Prezident. – Yangi O‘zbekistonni barpo etish – bu shunchaki xohish-istak, sub’ektiv hodisa emas, balki tub tarixiy asoslarga ega bo‘lgan, mamlakatimizdagi mavjud siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy vaziyatning o‘zi taqozo etayotgan, xalqimizning asriy intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga to‘la javob beradigan ob’ektiv zaruratdir. Yangi O‘zbekiston – demokratiya, inson huquq va erkinliklari borasida umume’tirof etilgan norma va prinsiplarga qat’iy amal qilgan holda, jahon hamjamiyati bilan do‘stona hamkorlik tamoyillari asosida rivojlanadigan, pirovard maqsadi xalqimiz uchun erkin, obod va farovon hayot yaratib berishdan iborat bo‘lgan davlatdir”.

 Suhbat davomida davlatimiz rahbari tomonidan bildirilgan shu kabi fikrlar, mamlakatimizdagi huquq tizimidagi o‘zgarishlar va qilinishi kerak bo‘lgan dolzarb vazifalarning mazmun-mohiyatini xodimlarga yetkazish maqsadida Adliya vazirligida davra suhbati tashkil etildi.

 Tadbirda Adliya vazirligi rahbariyati, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Qobilbek Karimbekov, professor- o‘qituvchilar va vazirlik xodimlari ishtirok etdi.

  O‘zbekiston fuqarolari jamiyatimizning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasi shiddat bilan o‘zgarib, hayotimizda yangicha munosabatlar, yangi imkoniyat va qadriyatlar shakllanayotganini suhbatda alohida t’kidlangan. Ayniqsa, “inson huquq va erkinliklari”, “qonun ustuvorligi”, “ochiqlik va oshkoralik”, “so‘z erkinligi”, “din va e’tiqod erkinligi”, “jamoatchilik nazorati”, “gender tenglik”, “xususiy mulk daxlsizligi”, “iqtisodiy faoliyat erkinligi” singari fundamental demokratik tushunchalar va hayotiy ko‘nikmalar hozirgi vaqtda real voqelikka aylanib borayotir.

 Davlat rahbari suhbat davomida hozirgi kundagi tashqi siyosat masalasiga ham alohida e’tibor berish lozimligini qayd etgan. Jumladan O‘zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi takomillashtirilmoqda. Ushbu muhim hujjatda tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishi bo‘lgan Markaziy Osiyo davlatlari bilan ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va o‘zaro ishonch ruhidagi aloqalarimizni yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

 O‘zbekistonning asosiy xorijiy sheriklari hisoblangan Rossiya, Xitoy, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Hindiston, Pokiston, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa davlatlar bilan ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli aloqalari yanada kengayayotgani aytib o‘tildi.

 Shuningdek, O‘zbekiston Afg‘onistonning yaqin qo‘shnisi sifatida bu mamlakatda tezroq tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishidan manfaatdor ekanligi ham ta’kidlandi.

 Prezidentning intervyusi  davomida aytib o‘tgan har bir fikri vazirlik tizimidagi xodimlarning dunyoqarashini boyitish, ijtimoiy-siyosiy malakasini oshirishda muhim o‘rin tutishi e’tirof etildi.

 

             Norgul Abduraimova, O‘zA