Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zulfiyaxonim izdoshlarining an’anaviy tanlovi o‘tkazildi
11:18 / 2023-11-18

FOTOREPORTAJ

Namangan shahridagi Yoshlar markazida shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlar saralash tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi.  

Tanlovni shahar hokimi o‘rinbosari Dilorom Abdurahimova kirish so‘zi bilan ochib, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining ta’sis etilishi, sevgi va vafo kuychisi Zulfiyaxonimning hayoti va ijodi, bugungi kunda yoshlarimizga, ayniqsa, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni jamiyat hayotidagi ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida aytib o‘tdi. Tanlovda ishtirok etayotgan qizlarga muvaffaqiyat tiladi.  

[gallery-14642]

Tanlovda 21 nafar qiz ta’lim, fan, madaniyat, adabiyot, san’at, sport va jamoatchilik yo‘nalishida o‘z mahoratini namoyish etdi.  

Yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, ularga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA