Zulfiyachi shoiraga Samarqandda uy topshirildi
Prezidentimiz qaroriga ko‘ra, Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida mamlakatimizning bir guruh faol va tashabbuskor xotin-qizlari an’anaviy Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Ushbu yuksak mukofotga loyiq ko‘rilganlar orasida Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yashovchi iqtidorli shoira Latofat Amirova ham bor.

Yosh ijodkorning iste’dodi va ijodiy yutuqlari e’tirof etilib, Prezident topshirig‘iga asosan unga Samarqand shahridan barcha qulayliklarga ega ikki xonali uy topshirildi.

Samarqand viloyati hokimi Latofatga yangi xonadon kalitini topshirib, uni yuksak mukofot bilan tabrikladi va ijodiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Latofat Amirova hamda uning oila a’zolari e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.
G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri