Har yili bahor kelishi, bahor bayrami mamlakatimizda she’riyatimiz malikasi – Zulfiyaxonim tavallud topgan kun bilan hamohang nishonlanadi.
Ta’bir joiz bo‘lsa, bahorning boshlanishi yurtimizda tom ma’noda, adabiyotimiz, she’riyatimiz ayyomiga aylanib ketadi. Darhaqiqat, Zulfiyaxonim yetuk shoira, sadoqat va vafo timsoli sifatida butun o‘zbek ayollari uchun na’muna bo‘la oladi. U nafaqat adabiyotimiz va she’riyatimizda, balki xalqimizning xotirasida abadiy yashamoqda. Shoiraning shaxsi, ijodi haqida gap boshlagan har bir inson so‘zlarini vafo va sadoqat malikasi Zulfiyaxonim, jumlasi bilan boshlaydi.
Zulfiyaxonim – o‘zbek adabiyotining zabardast vakili, vafo va sadoqat timsoli bo‘lgan shoiradir. Bugungi lavhamizda yana bir Zulfiyaxonim davomchisi, sevimli va dilbar shoira Guljamol Asqarova bilan atoqli Zulfiyaxonim ijodi va faoliyati, uning izdoshlari haqida batafsil suhbatlashdik.
Batafsil:
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/L3gpKUoJphU" title="Zulfiya va Zulfiyaxonim qizlari " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA