Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zulfiya Ramazonova Osiyo chempionatida 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi
18:48 / 2024-06-23

Chirchiq shahrida U15 yosh toifasida o‘tayotgan O‘zbekiston chempionatida qizlar orasida -55 kg. va 59 kg. vazn toifasida, o‘g‘il bolalar o‘rtasida esa -61 kg. vazn toifasida g‘olib hamda sovrindorlar aniqlandi.

Ushbu bahslarning -55 kg. vaznida ikkikurash yakunlariga ko‘ra, Kamola Kamilova 141 kilogramm natija qayd etib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. O‘g‘iloy Rahmonova hamda Azizbek Qutbiddinov o‘z vazn toifalarida mamlakat chempioniga aylandi.  

Shuningdek, Chirchiq shahri mezbonligida o‘tayotgan U17 yo‘nalishidagi Markaziy Osiyo chempionatining ikkikurash natijalariga ko‘ra, 61 kilogrammgacha vazn toifasida hamyurtimiz Asilbek Bahromov 219 kilogramm natija qayd etib, oltin medal sohibiga aylandi. -55 kg.dagi bahslarda Mastura Rahimjonova terma jamoamiz hisobiga yana bir bronza medalini keltirdi.  

-64 kg.dagi qizlar bahsida dast ko‘tarishda 80 kg., siltab ko‘tarishda 91 kg. va ikkikurash hisobiga ko‘ra, 171 kg. natija ko‘rsatgan Zulfiya Ramazonova uchta oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu vazndagi ikkinchi atletimiz Bibinur Abduraimova esa 3 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA