Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti — iqtidorli qizlarni qo‘llab-quvvatlash ramzi
08:00 / 2026-03-07

“Zulfiyaxonim izdoshlari” rukni

Yurtimizda xotin-qizlarning intellektual, ijodiy va ijtimoiy salohiyatini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Ana shu ezgu maqsad yo‘lida ta’sis etilgan nufuzli mukofotlardan biri — Zulfiya nomidagi Davlat mukofotidir.

Ushbu mukofot 1999-yilda ta’sis etilgan bo‘lib, buyuk o‘zbek shoirasi, jamoat arbobi Zulfiya Isroilova nomini abadiylashtirish hamda uning ma’naviy merosini yosh avlod ongiga singdirishga xizmat qiladi. Mukofot, asosan, 14–30 yosh oralig‘idagi iqtidorli, tashabbuskor va jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan qizlarga beriladi.

2009 yil
2010 yil
2011 yil
2012 yil

 

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha topshiriladi. Jumladan, adabiyot va san’at, fan va ta’lim, madaniyat, jurnalistika, jamoatchilik faoliyati, sport hamda ishlab chiqarish sohalarida yuksak natijalarga erishgan, o‘z yutuqlari bilan yoshlarga ibrat bo‘layotgan qizlar mukofot sohibasi bo‘lishlari mumkin. Bu esa mukofotning qamrovi keng ekanini, iqtidorni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilganini ko‘rsatadi.

2013 yil
2014 yil
2015 yil
2016 yil
2017 yil

Mukofot sohibalari nafaqat o‘z sohasida muvaffaqiyat qozongan, balki faol fuqarolik pozitsiyasi, ma’naviy barkamolligi, Vatanga sadoqati bilan ajralib turadi. Ular orasida keyinchalik mamlakatimiz va xalqaro miqyosda tanilgan olimlar, shoira va yozuvchilar, jurnalistlar, san’atkorlar hamda sportchilar yetishib chiqqan.

2018 yil
2019 yil
2020 yil
2021 yil


Ta’sis etilganidan buyon hozirgacha 500 nafardan ortiq qiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. Bu raqam mukofotning yillar davomida izchil va adolatli tarzda topshirib kelinayotganidan, shuningdek, yurtimizda iqtidorli qizlar soni yil sayin ortib borayotganidan dalolat beradi.

2022 yil
2023 yil
2024 yil
2025 yil


Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bugungi kunda faqat mukofot emas, balki yosh qizlar uchun katta ishonch, mas’uliyat va ruhiy tayanch hisoblanadi. U yosh avlodni bilim olishga, ijod qilishga, jamiyat ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shishga undaydi. Mukofot sohibalari esa Zulfiya siymosida mujassam bo‘lgan matonat, vatanparvarlik va ma’naviy poklik an’analarini munosib davom ettirib kelmoqda. 

Suratlarda: 2009–2026-yillarda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan qizlar. 

Shavkat Tohirov,

O‘zA suratlari.